2023-yilda olib borilgan monitoring ishlari.

O‘zagrolizing” AJ hududiy filiallarining xodimlari tomonidan har yili 2 marta amalda mavjud bo‘lgan barcha rusumdagi texnikalar to‘liq texnik monitoring ko‘rigidan o‘tkaziladi. Barcha texnikalarga “Lizing obyektini monitoring ko‘rigidan o‘tkazish” dalolatnomalari rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, texnikalarning talab darajasidagi fotorasmlaridan iborat fotoalbom jamlanmasi tayyorlanadi.
2023-yil 1-iyul holatiga jami 12 447 dona, 1-dekabr holatiga 11 368 dona lizing obyektlari to‘liq monitoring nazoratidan o‘tkazildi. Bular g‘alla o’rish kombaynlari, haydov va chopiq traktorlari, paxta terish mashinalari hamda boshqa agregatlardan iborat.

Loading

//