18 dona “Boshiran” rusumli paxta terish mashinalari yetkazib berildi.
Bugungi kunda yurtimizdagi qishloq xo‘jaligi korxonalariga zamonaviy va energiya tejamkor texnikalarni yetkazib berish, agrar sohani zamonaviy va unumdor qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashda lizing xizmatlari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, qisqa muddatlarda, hosilni nest-nobud qilmasdan sifatli terib olishda mexanizatsiyalash darajasi alohida o‘rin egallaydi.
“O‘zagrolizing” AJ tomonidan 2024-yil paxta yig‘im-terim mavsumiga qadar paxta terish mashinalarini joylarga yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida bir qator tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 18 dona Xitoyda ishlab chiqarilgan 4 qatorli “Boshiran” rusumdagi paxta terish mashinalari Sirdaryo viloyatining bir qator klasterlariga “O‘zagrolizing” AJ tomonidan yetkazib berildi.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi “TOSHKENT-AGRO-TRAKTOR” MCHJ korxonasidan yo’lga chiqqan texnikalarning 10 donasi, Sirdaryo viloyatinngi “Polytex agro” MCHJ klasteri hamda 8 donasi “Sardoba g’allachilik” klasterlariga yetib keldi.
Ta’kidlab o’tamiz, Xitoyda ishlab chiqarilgan 4 qatorli “Boshiran” rusumdagi paxta terish mashinalarining yana 36 tasini yurtimizga olib kelish ishlari olib borilmoqda.