Traktor va boshqa texnikalarning sozligini tekshirish bo’yicha tavsiyalar.

Sovuq kunlar tushishi bilan qishloq xo’jaligi va fermerlarda dam olish oylari boshlanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu vaqtdan unumli foydalangan holda, fermerlarning ish quroli hisoblanmish traktor va bir qator texnikalarning sozligini tekshirib uni tog’ri saqlash harakatini qilish kerak.
 
Bu bo’yicha biz sizlarga quyidagi tavsiyalarni bermoqchimiz:
 
Agarda sizning texnikangiz yoki traktoringizni ochiq maydonda saqlashga to‘g‘ri kelsa, uning ustiga brezent yoki polietilen plyonka yoping, shinalar sirtiga saqlovchi qorishmalarni surkab qo‘ying yoki matolar bilan o‘rab qo‘yiladi.
 
Traktorni iloji boricha yopiq bino ichida saqlash va uning holatini ikki oyda bir marta tekshirib turish zarur. Saqlovga olib kelingan traktorni bosimli suv ostida loy va iflosliklardan yaxshilab yuvib tozalash kerak. Traktor yoki qishloq xo‘jalik texnikalarini tozalab yuvilgandan so‘ng yog‘lanadigan joylarini yog‘lash, traktorlarni filtrlarini, yog‘ trubkalari va shlanglarini,  yoqilg‘i apparatlarini tozalash kerak bo‘ladi.
 
Eslatib o’tamiz, traktor yopiq binoda yoki bostirma ostida uzoq saqlanganda suyuqlik idishlari yechib olinadi, karterlar va radiatordan motor va gidravlika moylari, sovutish suyuqligi to‘kib olingandan so’ng o‘rniga konservatsiya moyi qo‘yiladi. Dvigatel qismi yo‘riqnomaga muvofiq konservatsiya qilinadi.
 
Unutmang, traktordan yechib olingan qismlar o‘rnidagi teshiklar texnologik tiqinlar bilan berkitiladi va akkumulyator va uzatma tasmalari yechib olinib, omborga qo’yiladi.
Traktorlar va barcha qishloq xo‘jalik texnikalari saqlovga qo‘yilganda, ular taglik orqali yerdan ko‘tarilib qo‘yiladi, ishchi qismlarini moylash va ranglash ishlari o‘tkaziladi.
Elektr jihozlarining yaroqlilik holatini tekshirish ham yodingizdan chiqmasin!

Loading

//