Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi N.Otajonov va bir qator mutaxassislardan iborat ishchi guruh Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi hamda u yerning tajribasi va paxta terish jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, Shinjon Uyg‘ur avtonom tumani Urumchi shahrida “O‘zbek-Xitoy hududlararo forumi”da ishtirok etildi. Ko‘rgazma maydoniga joylashtirilgan milliy mahsulotlar namunalari bilan batafsil tanishildi.
Mazkur forum davomida “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov boshchiligidagi ishchi guruh “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.,Ltd” kompaniyasi ta’sischisi janob Chen Yong va ijrochi direktori Ma Chipenglar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokalarlar o‘tkazildi.
Shu jumladan, joriy yil paxta mavsumiga paxta terish mashinalarini yetkazib berish, shu bilan birga “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.,Ltd” kompaniyasi bilan paxta terish mashinalari va paxta ekish seyalkalarini “Chirchiq Agro Klaster” MChJ orqali yetkazib berish hamda ularni moliyalashtirish masalalari o‘rganildi.