“O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumi”da “O‘zagrolizing” AJ ishtirok etdi.

Avval xabar berganimizdek, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi N.Otajonov va bir qator mutaxassislardan iborat ishchi guruh Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi.
Safar davomida XXRning Shenjen shahrida “O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov va “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.,Ltd”  (Boshiran) kompaniyasi ta’sischisi janob Chen Yonglar ishtirok etishdi.
Natijada, “O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumi” doirasida “O‘zagrolizing” AJ va “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.,Ltd” (Boshiran) kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 72,8 mln. dollarlik shartnoma hamda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq, taraflar o‘rtasida paxtachilik, g‘allachilik va boshqa turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, “Boshiran” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik texnikalarini xarid qilish, XXRning yetakchi tijorat banklaridan kredit liniyalarini jalb qilish kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Loading

//