Yaponiyaning JICA kompaniyasi o’quv-seminari o’tkazildi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Yaponiyaning JICA kompaniyasi tomonidan “Meva-sabzavotchilik tarmog’ida qo’shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi” doirasida o’quv-seminari o’tkazildi. Unda Jamiyatning Markaziy apparati hamda hududiy filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
Oo’quv-seminarda qishloq xo’jaligi loyihasida Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv tizimi (ESMS) va gender tenglikni ta’minlash borasida so‘z yuritildi. Trening davomida JICA kompaniyasining ko’p yillik malakaga ega bo’lgan spikerlari – Yelena Kreysberg hamda Narina Kidiraliyevna yig’ilganlarga o’zlarining ish tajribalarini tanishtirishdi.
Shuningdek, seminarda “Bog’dorchilik qiymat zanjiri loyihasida gender muammolar” va “Rivojlanish loyihalarida atrof-muhit va ijtimoiy baholash jarayoni” mavzularida taqdimot materiallari shaklida tushunchalar berib o’tildi.

Loading

//