Texnikalarning bahorgi mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
“O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida texnikalarni bahorgi mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi hamda To‘rtko‘l tumani Sho‘roxon MMTPga yig‘ilgan texnikalar bilan tanishildi.
Shu bilan birga N.Otajonov tuman mas’ullari bilan ko‘rishib, kamida 2500 Ga maydonga paxtani mashina terimiga moslab ekishni rejalashtirish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib o’tdi.
Shuningdek, Ellikqal’a tumanida Qilichinoq ta’mir MMTP hududiga terilgan texnikalar, Bo‘ston Cluster MChJning MTP hamda Beruniy tumani Shabboz MMTP dagi yig‘ilgan texnikalarni o‘rganildi va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.