“O‘ZAGROLIZING” aksiyadorlik jamiyati quyidagi bo‘sh (vakant) lavozimga tanlov e’lon qiladi.

Lavozim nomi: “Korrupsiyaga qarshi kurash va maxsus bo‘lim” bosh mutaxassisi
1. Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
– yurisprudensiya yoki iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
– kamida 5 yillik ish staji mavjudligi;
– 26-shakldagi ruxsatnomaga ega bo‘lishi;
2. Quyidagilar nomzod bo‘la olmaydilar:
– nomzod uchun qo‘yilgan talablar (1-band)ga javob bermaydigan shaxslar;
– tugallanmagan sudlanganlik holati mavjud bo‘lgan shaxslar;
3. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
– tanlovda qatnashish istagi bayon etilgan, tanlov shartlari va tartibi bilan tanishganligi tasdiqlangan ariza.
– nomzod to‘g‘risida ma’lumotnoma (obyektivka)
– pasport nusxasi;
– mehnat daftarchasining notarial yoki oxirgi ish joyidan tasdiqlangan nusxasi;
– 3×4 hajmdagi 2 dona va 9×12 hajmdagi 2 dona fotosurat;
– diplom(lar) nusxasi;
– mavjud bo‘lgan taqdirda, ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risida hujjat va xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, CIM va b.) nusxasi;
– nomzod o‘zi lozim deb topgan boshqa hujjatlar.
Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda, da’vogarlarning taqdim etilgan hujjatlari, to‘liqlik (3-band) va nomzodga qo‘yiladigan talablar (1-band)ga muvofiqlik bo‘yicha tanlab olinadi.
Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqichda tanlab olingan nomzodlar bilan korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimi ishtirokida suhbat o‘tkaziladi.
Suhbatda nomzodning:
– o‘zbek va rus tillarida ravon gapira olishi, yozishma olib bora olishi;
– kompyuterda ishlash ko‘nikmasi (Microsoft Word, Microsoft Excel) mavjudligi;
– lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bilishi;
– korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini chuqur bilishi;
– lizing faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlari mazmunini bilishi.
Shuningdek, nomzodning xushmuomalalik, analitik fikrlash, stressga chidamlilik, jamoada ishlash qobiliyati baholanadi.
Hujjatlar 2024-yil 19-29-fevral kunlari, dushanbadan jumaga qadar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 42A-uyda soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi. Hujjatlar pochta orqali ham jo‘natilishi mumkin.
Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon raqami: 71 207-30-38

Loading

//