“Qishloq xoʻjaligi xalqaro koʻrgazma-forumi” o’z ishini boshladi.

Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand shahrida “Qishloq xoʻjaligi xalqaro koʻrgazma-forumi” o’z ishini boshladi.
Uchinchi marta o‘tkazilayotgan ko‘rgazma “SOF EXPO Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilib, unda ishlab chiqaruvchilar, soha mutaxassislari hamda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etmoqda.
Ko’rgazmada, qishloq xo‘jaligi texnika va asbob-uskunalari hamda import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarning namoyishi ham tashkil etilgan bo’lib, bu o‘z navbatida, mahalliy sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga o‘z faoliyat sohasini yanada kengaytirish hamda yangi biznes-g‘oyalarni shakllantirish imkonini beradi.
Shuningdek, yarmarka davomida 25 dan ortiq tadbirlar tashkil etilib, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik, eksport, ishlab chiqarishni rejalashtirish, bozor ssenariylari, lizing va raqamlashtirishga oid mavzular muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ko’rgazma 22-fevralgacha davom etadi.

Loading

//