Yangi lizing loyihalari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–78-sonli qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyat filialida yangi qishloq xo’jaligi texnika va mexanizmlarining ko’zrgazmali seminari o’tkazildi.
Seminarda viloyatdagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari, sohaga servis va xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar, shuningdek, “O’zagrolizing” AJ viloyat filiali rahbar va xodimlari ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, ko’rgazma davomida “O’zagrolizing” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan yangi lizing loyihasiga ham start berildi.
Unda Jahon banki tomonidan Jamiyat uchun ajratilgan mablag’lar asosida Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Azamat Amirxon Ozodbek”, “Cho‘l Marvaridi” va “Parpiboy ota Qodirov” fermer xo‘jaliklariga “Arion 630” rusumli haydov traktorlari 2 yil imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing asosida yetkazib berildi.

Loading

//