“Yangi qishloq xo’jaligi texnika va mexanizmlarining ko’rgazmali seminari”ning navbatdagisi Navoiy viloyatining Navbahor tumanida o’tkazildi.
Ushbu seminar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-78-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida ta‘minlash maqsadida tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazmada viloyatdagi barcha fermer xo‘jaliklar, paxta va g‘alla klaster rahbarlari hamda sohaga aloqador tadbirkorlar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda “O‘zagrolizing” aktsiyadorlik jamiyati Navoiy viloyat filiali zamonaviy, so‘ngi rusumdagi energiya tejamkor qishloq xo‘jalik texnikalarini lizing shartlari asosida yetkazib berish bo‘yicha o‘z takliflari bilan faol ishtirok etib, ushbu texnikalarni qisqa muddatlarda yetkazib berish bo‘yicha 120 dan ortiq buyurtmalar qabul qilindi. Seminarda lizing xizmatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berish hamda boshqa qiziqtirgan masalalarni keng yoritish maqsadida jamoatchilik hamda ommaviy-axborot vositalari jalb qilindi. Ko‘rgazma uchun texnikalar “Toshkent Agro Traktor” MChJ, “Toshkent Traktor Zavodi” MChJ, “Uz CLAAS Agro” MChJ, “UzKeysMash” QK MChJ va boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan vaqtinchalik saqlovga olingan holda yetkazib berildi.
Batafsil videolavhada.