Qishloq xo’jaligi texnika va mexanizmlarining ko’rgazmali seminari o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–78-sonli qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha, Xorazm viloyatning “Rahimbergan hoji Anbar” fermer xo’jaligida qishloq xo’jaligi texnika va mexanizmlarining ko’rgazmali seminari o’tkazildi.
Seminarda viloyatdagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari, sohaga servis va xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar, shuningdek “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov hamda filial xodimlari ishtirok etishdi.
Ko’rgazma uchun terilgan zamonaviy va resurs tejamkor texnikalar seminar ishtirokchilarining qiziqishlariga sabab bo’ldi.