“O’zagrolizing” AJ boshqaruv raisi N.Otajonov yoshlar bilan muloqot o’tkazdi.
Kuni kecha Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib beriladigan agregatlar, chopiq traktorlari va turli rusumdagi texnikalarning namoyishi bo’lib o’tdi.
Ko’rgazmada viloyatdagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari, “O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov, Jamiyatning Sirdaryo viloyati hududiy filiali xodimlari hamda viloyatning 2-kasb-hunar maktabining o’quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar texnikalar bilan yaqindan tanishishib, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob olishdi.
Seminar davomida Jamiyat boshqaruv raisi N.Otajonov yoshlar bilan muloqot o’tkazdi. Muloqot davomida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ulardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilib, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi.