Tokio biznes-forumida “O‘zagrolizing” AJ ishtirok etdi.

“O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi o’rinbosari A.Nasirdinov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi hamda Yaponiya tashqi savdo jamiyati “JETRO” tomonidan Tokioda tashkil etilgan Biznes-forumda ishtirok etdi.
Forum doirasida chet el hamkorlar, jumladan investitsiya kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Mizuho Marubeni Leasing Corporation”ning ijrochi direktori janob Kunio Negishi hamda korporatsiya vakillari bilan hamkorlikning huquqiy va moliyaviy jihatlarini aniq belgilab olish bo‘yicha yakuniy muzokaralar o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalar bilan bevosita ishlash sharoitlari yaratilishiga kelishib olindi.

Loading

//