“O‘zagrolizing” AJda sumalak!

Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelmoqda.
Yurtimizda uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam nafasi ufurib turibdi. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani har yili o‘zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xodimlarini ham Navro’z kayfiyati qurshab oldi, qozonlarga sumalak osilib, barchani o’z atrofida jam qildi.

Loading

//