2023-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2023-yil yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan Ochiqlik indeksida davlat idoralari qayd etgan koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar jamoatchilikka eʼlon qilindi.
Natijalarga ko’ra, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati 76 ball bilan respublika tashkilotlari orasida 19-o’rinni, aksiyadorlik jamiyatlari orasida 9-o‘rinni egallab, o’tgan yilgi natijalarga qaraganda “sariq” samaradorlik ko’rsatkichdan “yashil”ga o’tdi.