Jizzaxda homiylik motokultivatorlari topshirildi.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan viloyat tumanlarida mavjud aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirishga qaratilgan eʼtibor juda katta.
Izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar zamirida, avvalo, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, bandligini taʼminlash orqali daromadlarini oshirishdek ezgu maqsadlar mujassam. Zero, bu saʼy-harakatlar natijasida aholi bandligi va daromadlarini oshirishga erishilmoqda.
Shu sababli ham Jizzax viloyatining “Zarbdor” tumanidagi tomorqasi mavjud boʻlgan 25 334 ta xonadonda serdaromad oziq-ovqat mahsulotlari va eksportbop ekinlarni sifatli va oʻz vaqtida ekishni tashkil qilish maqsadida mavjud 3 176,0 gektar yer maydonlariga ishlov berish uchun “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati homiyligi asosida 50 ta motokultivatorlar fermerlarga topshirildi.