“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy tadbir.
Dunyoda globallashuv jarayonlari jadal davom etayotgan bugungi kunda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi ekstremizm va terrorizm eng xatarli jinoyat ekanligi, xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlariga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilikning ham muhim vazifasidir.
Shu sababli ham, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Jamiyat Boshqaruv raisi N.Otajonov, Markaziy apparat hamda hududiy filiallar xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, seminarga taklif etilgan spiker, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining «Maxsus-huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya» kafedrasi dotsenti Yusupova Dildora Dilshatovnadan: ekstremizm, terrorizm, ommaviy madaniyat, giyohvandlik kabi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan mavzularda ma’ruza tinglandi.
“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joylardagi diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, aholining, ayniqsa, yoshlarning diniy-ekstremistik tashkilotlar ta’siriga tushib qolishini oldini olishda o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbirlarda yoshlarni ilmli, dunyoviy dunyoqarashli vatanparvar shaxs qilib tayyorlashga alohida urg‘u berish, diniy-ekstremizm tarafdorlari tarqatayotgan g‘oyalarning aslida islom ta’limotiga zid ekani va siyosiy maqsadlarga yo‘naltirilganini aniq dalillar bilan isbotlab berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.”