O’zbekiston-Xitoy: Lizing sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Kuni kecha “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining “FM World” ishlab chiqarish korxonasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ikki mamlakat o‘rtasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, FM World korxonasi vitse-prezidenti mr Chen o’z faoliyatiga to‘xtalib, uning tarixi, jamoa tarkibi, olib borilayotgan ishlari, erishilgan natijalar, qishloq xo’jaligi texnikalarini yetkazib berishdagi ikki davlat o‘rtasidagi istiqbollar bilan o‘rtoqlashdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari barqaror tus olib, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasida yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv davomida qishloq xo’jaligi texnikalarini ishlab chiqarish hamda agrar sohaga yetkazib berishda lizing xizmatlaridan foydalanish samaradorligi, kelgusida aynan lizing sohasida ham yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Loading

//