Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov lizing yo‘nalishida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va xorij tajribasini O‘zbekistonda ham joriy etish maqsadida Germaniyaning yana bir dunyo miqyosidagi “Raiffeisen Waren” kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda bugungi kundagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, investitsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish hamda “O’zagrolizing” AJ bilan hamkorlikda fermer va dehqonlarga sifatli texniklarni yetkazib berish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
“Raiffeisen Waren” kompaniyasi savdo va xizmat ko’rsatish sohalarida 130 yillik tajribaga ega bo’lib, korxona yuqori samarali, tejamkor texnologiyalar va ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, suhbat davomida ushbu kompaniya “O’zagrolizing” AJ bilan ilk bora rasmiy munosabatlarni o’rnatmoqchi ekanligi va kelajakda hamkorlikda ishlarni olib borish istagi borligini ta’kidladi.