Qora nuqta kasalligi. Uni qanday bartaraf etish mumkin?
Qora nuqta kasalligi asosan olcha, yong‘oq, uzum, malina, qora smorodina, qulupnay yoki qizil smorodina kabi mevali daraxtlarda, shuningdek, bodring, loviya, no‘xat yoki pomidor kabi sabzavotlarda ko‘rinish berishi mumkin. Odatda jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Biroq, u bog‘lar va sabzavot maydonlaridagi hosilni yomonlashtirishi ehtimoli yuqori.
Qora nuqta kasalligini davolashda “bodro” aralashmasi yaxshi natija beradi. Dastavval, nuqtalar paydo bo‘lgan kasal barglar olib tashlanib, yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun ularni yoqib yuborish kerak. Daraxtlar kuzda butkul barglarini yo‘qotgandan so‘ng, uni “bordo” aralashmasidan tayyorlangan eritma yordamida davolash kerak. Uning qo‘llanishi purkash orqali amalga oshiriladi.