Faxriylar doimo e’zozda!

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati vakillari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soha faxriylarining holidan xabar olishdi.
Tizimda salkam yigirma yildan ortiq faoliyat yuritgan tashkilot faxriylari, yosh xodimlarga o’rnak bo’lishdek ibratli yo‘lni bosib o‘tgan, desak mubolag’a bo’lmaydi. O‘zining ko‘p yillik amaliy tajribasini lizing sohasiga tatbiq etish, faoliyat samaradorligini oshirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishga umrini bag‘ishlagan Jamiyat faxriylari hozirda oila a’zolarining hamda shogirdlarining ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.
Yurtimizda inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan siyosat bugun barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligi sohasida ham amalda. Bugun har bir xodim e’zoz va e’tiborda, ularning o’gitlaridan amaliy yordam olib kelinmoqda. Shunday yurtda va e’zozi yuksak diyorda yashash chinakam baxt.

Loading

//