Qoraqalpog’istonda dolzarb palla.

Qoraqalpog’istonda dolzarb palla — bug‘doy o‘rim-yig‘imiga hozirlik, kombayn va boshqa texnikalarning shayligi bugungi kunda “O’zagrolizing” AJ tomonidan kunlik monitoring qilinmoqda hamda mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun texnikalar fermer va dehqonlarga lizing asosida yetkazilmoqda.
Jumladan, “O’zagrolizing” AJning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan, 783 dona turli rusumdagi traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, fevral-may oylarida 318 nafar fermer xo‘jaliklariga 368 dona qiymati 132 mlrd 76 mln so‘mlik texnikalar yetkazib berildi.

Loading

//