Beda ekini va uning tuproqqa talabi.
Beda uzun kunli, yorug‘sevar o‘simlik, ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurg‘oqchilikka yaxshi bardosh beradi. U sovuqqa ancha chidamli, namsevar o‘simlik. Issiq iqlimli rayonlarda sug‘orish bilan yuqori hosil olish mumkin. Beda suv va havoni yaxshi o‘tkazadigan qumoq va qumloq g‘ovak tuproqlarda yaxshi o’sadi.
Nordon va kuchli sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘smaydi, lekin kuchsiz sho‘rlanishga bardoshli va tuproq sho‘rini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yillik o‘simlik, 15- 20 yilgacha o’sadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun 5 yilgacha o‘stiriladi.
Beda yer unumdorligini oshirish va chorva ozuqa bazasini yaratishda asosiy ekindir.
Tuproq donadorligini tiklab, suv-fizik xossalarini yaxshilaydi. Erishi qiyin bo‘lgan fosforli birikmalarni parchalab, ularni keyingi ekinlar o‘zlashtirishi uchun tayyorlab beradi. Tuproqni turli kasallik tarqatuvchi infeksiya unsurlardan tozalaydi.