Agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari.

Joriy yilning 6-iyun kuni “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Boshqaruv raisi Nodir Otajonov, Jahon banki koordinatori Bayarsayxan Tumurdavaa, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Sh.Akramov hamda loyiha menedjeri R.Gasanov ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan jalb qilingan 30 mln dollar mablag‘larni o‘zlashtirish holati, qo‘shimcha resusrlarni jalb qilish, kelgusidagi lizing loyihalari va rejalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, muammo va takliflar muhokama qilindi.
Nodir Otajonov o’z navbatida, agrar sohadagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, bugungi uchrashuv ham “O’zagrolizing” rivoji uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi.
Shuningdek, muzokaralar davomida qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlashdagi mexanizmlar asosida agrar tarmoqni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar ta’kidlab o’tildi.
Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda, eng asosiysi, hozirgi holatni buzmagan holda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar borasida fikr almashildi.

Loading

//