Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi bo’lib o’tmoqda!
Ayni daqiqalarda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 15-maydagi majlis qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi Jamiyat binosining majlislar zalida bo’lib o’tmoqda!
Umumiy yig’ilish kun tartibidan joy olgan masalalar talaygina. Unda Jamiyat boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bir yil muddatga uzaytirish, jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar bo‘yicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash hamda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish kabi bir qator muhim ahamiyatga ega bo’lgan masalalar ko’rib chiqiladi.