O‘g‘itlarning tuproq unumdorligiga ta’siri.
Tuproq unumdorligi va uning suv bilan ta’minlanganligi o‘gitlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘orma dehqonchilik amalga oshiriladigan sharoitlarda azotli o‘g‘itlarning samaradorligi ancha yuqori bo‘ladi.
Azotning samaradorligiga tuproqning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi ta’sir ko‘rsatadi. Ularning miqdori tuproqda kam bo‘lgan holda azotning o‘zlashtirilishi keskin kamayadi. Tuproq harakatchan fosfor bilan qanchalar kam darajada ta’minlangan bo‘lsa, qo‘llaniladigan fosforli o‘gitlar samaradorligi yuqori bo‘lishi kuzatiladi.
– Kaliyli o‘gitlar mexanik tarkibi yengil (qumli va qumloq) tuproqlarda yaxshi samara beradi;
– O‘rtacha va og‘ir loyli hamda soz tuproqlar kaliy bilan yuqori darajada ta’minlanganligi sababli, ularda kaliyli o‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samaradorlik biroz kuchsiz namoyon bo‘ladi;
– Organik o‘gitlar, xususan go‘ng, tuproq harorati yuqori, namlik yetarli bo‘lgan sharoitlarda yaxshi samara beradi.