Yaxshi hosil uchun bugundan harakatni boshlash kerak!

Kuni kecha “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax viloyat filiali rahbarlari, shuningdek, tumandagi sektor mutasaddilari ishtirokida viloyatning Zarbdor tumanidagi “Bo’ston”, “Y.Qurbonov”, “Yuksalish”, “Taraqqiyot” va “Umurzoqov” fermer xo‘jaliklarining paxtakorlari bilan yangi paxta terish mashinalarini lizing asosida yetkazib berish uchun avans mablag‘larini shakllantirish va shartnoma tuzish ishlarini tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida paxtachilikda hosildorlikni karrasiga oshirish uchun ayrim odatiy uslublar o‘rniga xorijiy tajribani qo‘llashning vaqti kelgani va buning ahamiyati haqida alohida tushunchalar berib o’tildi. Shuningdek, viloyat fermerlariga g‘o‘zalarga mana shu oylarda ko‘rsatiladigan agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Maqsad – hosildorlikni oshirishda ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali dehqon-fermerlar manfaatini oshirishdan iborat. Bu esa qishloq xo‘jaligini yangi bosqichda taraqqiy ettirish, sohada qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekani bilan ahamiyatlidir.

Loading

//