Suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi: Tomchilatib sug‘orish.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasida o‘simliklarning bevosita ildiz zonasiga suv yetkaziladi. Ushbu jarayonda suv miqdori va chastotasi o‘simliklarning iste’mol qilish me’yorlariga muvofiq belgilanadi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi orqali o‘simliklar ildiz tizimi ancha yaxshi rivojlanadi. Boshqa usullar orqali (egatlab, bostirib) sug‘organda o‘simlik ildizining rivojlanishida biroz o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Tomchilatib sug‘orishning afzalliklari:
– mahsulot birligiga nisbatan kamroq suv sarfi bilan yuqori hosil olish imkoniyati;
– an’anaviy yoki sirt sug‘orish bilan solishtirganda bug‘lanishdan kamroq namlik yo‘qotilishi;
– shamol namlikning o‘simlik ildiziga tarqalishiga ta’sir qilmaydi;
– suvning tuproqqa sekin kirib borishi va undan tarqalishi nuqta manbai kompleksda va qiyin topografik sharoitlarda ham suvning sizib ketishi oldi olinadi.

Loading

//