Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar
Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar markazi “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda ularning samaradorligi borasida tashkil etilgan seminar haqidagi lavha “O’zbekiston 24” telekanalida namoyish etildi.
Unda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining mas’ullari ham ishtirok etib, O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xo’jaligi sohasida xalqaro hamkorlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berishdi.