Bayram arafasida sport musobaqalari.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami arafasida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida bir qator sport tadbirlar o’tkazilmoqda.
Kuni kecha Jamiyatning Buxoro va Navoiy viloyati filiallari sportning futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha bahslashdilar. Qizg‘in davom etgan o‘yinlarda, futbol bo‘yicha Buxoro viloyat filiali xodimlarining qo‘li baland kelib 8:4 hisobida Navoiy filiali ustidan g‘alaba qozondi. Stol tennisi va shaxmat o’yinida esa Navoiy viloyati filiali xodimlari g‘alabani qo‘lga kiritdi.
So’ngra estafetani Qashqadaryo va Surxondaryo filial xodimlari davom ettirdi. Xususan, Jamiyatning Qashqadaryo filialida tashkil etilgan futbol musobaqasida Qashqadaryo filiali jamoasi 6:1 hisobda g‘alaba qozondi. Stol tennisi o‘yinida esa Surxondaryo filiali ishtirokchisi Raximov Zokirning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, shaxmat o‘yinida Qashqadaryo filiali ishtirokchisi Muhammadiyev Olimjon g‘olib deb topildi.
Navbat Farg’ona, Namangan va Andijon filiallariga. Sportning stol tennisi, shaxmat va futbol turlari bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarning barida Namanganlik ishtirokchilar peshqadam bo’ldi va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o’tamiz sport tadbirlaning final bosqichi 24-avgust kuni bo’lib o’tadi.