Avgust oyida g‘o‘za dalasida qilinadigan ishlar.

Avgust oyida g‘o‘za qator oralarida kech yozgi va kuzgi begona o‘tlar sho‘ra, ituzum, qo‘y pechak, g‘umay va boshqalar zo‘r berib o‘sishi paxta hosilini kamaytiradi, zararli hasharotlar ko‘payishi va yaxshi qishlovga kirishiga olib keladi.
Sug‘orish suvlaridan va mahalliy o‘g‘itlardan samarali foydalanish (70% chirigan go‘ng) ham juda muhim bo‘lib, bunda sug‘orish sharbat usulida olib borilsa, namlik uzoqroq saqlanadi, sug‘orishlar oralig‘i uzayadi, g‘o‘za tez chanqab qolmaydi, hosil elementlarini kamroq to‘kadi, yosh tugunchalar tezroq ko‘sakka aylanadi, yangi ko‘saklar ko‘proq paydo bo‘ladi.
Rivoji kechroq bo‘lgan dalalardagi g‘o‘zalarni chilpish ishlarini yakuniga yetkazish lozim. Shu yo‘l bilan kechki dalalarda ham paxta erta pishib yetilishi ta’minlanadi, hosili ham barakali bo‘ladi.
Bu oyda ko‘pgina dalalarda g‘o‘za g‘ovlay boshlaydi, hosilini to‘kadi, baravj, ko‘m-ko‘k va serbarg bo‘lib qoladi, bu esa ko‘sak qurtining haddan ziyod ko‘payishiga olib keladi. Ushbu muammoni bartaraf etishda ham kimyoviy preparatlardan foydalanib chilpish o‘tkazishning samarasi katta.
Shunda g‘o‘za qisqa bo‘g‘in bo‘lib o‘sadi, hosil nishonalari ko‘payadi, g‘o‘za qator orasida havo yaxshi aylanib, pishib yetilishi tezlashadi va kasallik va hasharotlar ko‘payishiga noqulay sharoit yuzaga keladi.

Loading

//