Sog’ tanda – sog’lom aql: sport tadbirlari davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami munosabati bilan, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etilgan edi.
Bu safar musobaqa Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyat filiallari xodimlari o’rtasida bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar futbol, shaxmat va stol tennisi sport turlarida kuch sinashdi.
Ertaga 24-avgust sanasida esa kuchlar yana tenglashadi va bosh sovrin uchun murosasiz o’yin bo’lib o’tadi. Eslatib o’tamiz, finalga yo’l olgan barcha ishtirokchilar, saralangan raqiblar bilan futbol, stol tennisi, shaxmat va gira tosh ko’tarish bo’yicha yana bir bor o’zlarini sinab ko’rishadi.

Loading

//