JICA: Sabzavotchilik yo’nalishida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash muhim omil.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligidagi islohotlar tahlil qilinsa, butun mazmun-mohiyati oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, aholi daromadini oshirish, soha mehnatkashlarini rag‘batlantirish, mavjud resurslardan tejab foydalanish kabi katta maqsadlarga qaratilganida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhiti hamda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishda integratsiyalashuv kuchayishi natijasida qishloq xo’jaligining turli sohalarida hosildan yaxshi daromadga chiqish kutilmoqda.
Toshkent viloyatining O’rta Chirchiq tumanidagi “Egamberdi karvon” fermer xo’jaligi rahbari Sarvar Mahmudov ham sabzavotchilik yo’nalishida hosildan daromadga kirgan dehqonlardan. Umumiy 150 gektar yer maydonida kartoshka, loviya hamda 35 gektarida mosh yetishtirayotgan fermerning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida JICAning “Marketing va sifat” mutaxassisi Patrik Jung dala maydoniga bordi.
Tanishuv davomida, fermer uchun yaratilgan sharoitlar, JICA bilan hamkorlikda lizing uchun olingan texnikaning holati, dala maydoni va hosildan kutilayotgan natijalarga alohida e’tibor qaratdi hamda Sarvar Mahmudovga xorij tajribasini yurtimizda ham qo’llash borasidagi tavsiyalarini berib o’tdi.

Loading

//