Jamiyati Boshqaruv raisi “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.

“O’zgrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Otajonov Nodir Sobirovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami munosabati bilan, Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ma’naviy yangilanishga erishish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mukofotlansin davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga muvofiq mukofotlandi.
“O’zagrolizing” AJ jamoasi Boshqaruv raisi Otajonov Nodir Sobirovichni yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaydi! Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatlari hamisha yuksak ehtiromga muvaffaq bo‘lishiga, ishlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Loading

//