Sirdaryo viloyat filiali birinchi!
Avval xabar berganimizdek, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etilgan edi.
Jumladan, futbol o’yinining viloyat filiallari o’rtasida bo’lib o’tgan saralash bosqichidan so’ng, Toshkent shahrida Markaziy apparat xodimlari hamda g’olib bo’lgan jamoalar ishtirokida final o’yini o’tkazildi.
Qizg’in va aktiv tarzda o’tgan final o’yinida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Sirdaryo viloyat filiali birinchilikni qo’lga kiritdi. Toshkent viloyati va Namangan viloyatlari ikkinchi hamda uchinchi o’rinlarni egallashdi.
Sport sog’lik garovi, ta’kidlash joizki bayram arafasida o’tkazilgan bunday sport tadbirlari xodimlar o’rtasida nafaqat do’stlik, hamjihatlik balki sog’lom turmush tarziga rioya qilish kabi g’oyalarni ilgari suradi.