O’zbekiston-Xitoy: Agrar sohadagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari.
Mamlakamizda qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek, paxta yigʻim-terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirishda xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganib, amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov hamda Jamiyat mas’ullari “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co. Ltd” kompaniyasining mutaxassislari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikning har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli yo‘nalishlari amalga oshiriladigan loyihalarning istiqbollari bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Shuningdek, paxta terimi mavsumida qo’l mehnatini kamaytirib, joylarda paxta terish texnikalari orqali mexanizatsiyalash usulini qo’llash kabi takliflar muzokara markazida bo’ldi.