Viloyat filiallarida ish qizg‘in.
Bugun boshqa sohalar singari qishloq xo‘jaligi tizimida ham istiqbolli natijalarga yo‘nalgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Uning ko‘lami esa bosqichma-bosqich kengaytirilib, samarali yondashuvlar bilan izchil yo‘lga qo‘yib borilmoqda.
Jumladan “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Buxoro viloyat filialida ham ishlar qizg’in davom etib, viloyatning Olot, Jondor, Vobkent, Qorako’l tumanlariga filial tomonidan Arion 630, T 7060 , TAT 904 rusumli haydov traktorlari va turli rusumdagi boshqa texnikalar tizimli yetkazib berilmoqda.