Agrar sohadagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Nodir Otajonov Osiyo taraqqiyot banki konsultantlari hamda bankning Xalaro moliya ekspertlari Vilius Rekstis, Shavkat Rustamov hamda Xasmik Xovsepyanlar bilan chorvachilik yo’nalishlarini rivojlantirish bo’yicha muzokaralar olib bordi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini o’rnatgan holda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik yo’nalishlarida innovatsion texnoligiyalarni qo’llash, shuningdek
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda savdo hajmini yanada oshirish va o‘zaro mahsulot yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish kabi takliflar ko’rib chiqildi.
Shuningdek muloqotda, kelgusida chorvachilik tarmog’ining boshqa yo’nalishlarida zamonaviy resurslarni qo’llash orqali chorvachilikni jadal rivojlantirish va tarmoq samaradorligini oshirish borasidagi fikr-mulohazalar bildirildi.

Loading

//