Texnikaning sozligini ta’minlashda Xitoy tajribasidan foydalaniladi.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov Xitoyning “Boshiran” kompaniyasi mas’ullari bilan muzokaralar olib bordi. Unda Marketing va sotishni tashkil etish boshqarmasi xodimlari, hududiy filiallar rahbarlari esa ZOOM orqali onlayn ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida asosan, Jamiyat tomonidan viloyatlarga yetkazib berilgan Boshiran rusumli paxta terish mashinalariga servis xizmatini ko‘rsatish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun mutaxassislar biriktirish, shuningdek, texniklardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash uchun operatorlarni o‘qitish, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, paxta terish mashinalarining uzluksiz ishlashini hamda o‘z vaqtida ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida «Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.,Ltd» Kompaniyasi vakillari ishtirokida respublikaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida servis markazlarini ochishga, shuningdek, paxta terish mashinalari bilan operatorlarni yanada mukammalroq tanishtirish maqsadida o‘quv seminarlari tashkil etishga kelishib olindi.

Loading

//