Natijadorlik – bugungi islohotlarga chambarchas bog’liq.
Ayni kunlarda fermer xoʼjaliklari dalalarida yetishtirilgan hosilni yomg’irli kunlarga qoldirmasdan qisqa muddatda yigʼishtirib olishda paxta terish mashinalarining oʼrni beqiyos.
Shu bois, kuni kecha Xatirchi tumani 4-sektor hududidagi “Аbdurahmat Suyun” fermer xoʼjaligida 2024 yil paxta hosili qisqa muddatda nest-nobut qilmasdan yigʼib olishda paxta terish mashinalaridan foydalanishning afzalliklari boʼyicha koʼrgazmali seminar oʼtkazildi.
Ushbu seminarda Navoiy viloyat IIB boshligʼi А.Tasbaev, “Oʼzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov, tuman hokimi U.Аdizov, tuman sektor rahbarlari, sohaga aloqador mutasaddilar, tuman klaster rahbari, hududdagi fermer xoʼjaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Unda dastlab, otryadlar, jalb qilingan texnikalar, terimchilar uchun paxta maydonlarida yaratilgan sharoitlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan soha masʼullari va mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Shuningdek, fermerlarga paxtani terib olishda terim mashinalaridan foydalanishning afzalliklari boʼyicha maʼlumotlar berildi hamda Xatirchi tumanidagi 4 nafar fermer xoʼjaliklari rahbarlariga paxta terim mashinalari kalitlari topshirildi.