Agrar sohada yangi texnologiyalar davri boshlandi.
Kuni kecha “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand viloyat filialiga Xitoyning 4 qatorli Boshiran 7419 rusumli paxta terish mashinalarining 12 tasi yetib keldi.
Ayni kunlarda yana 18 ta paxta terish mashinalarini Samarqand viloyatiga olib kelish rejalashtirilgan bo’lib, ularning barchasi viloyat fermerlariga lizing asosida rasmiylashtirilib beriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda paxtachilikda olib borilayotgan islohotlar yaqin kelajakda o’zining ijobiy natijasini beradi. Chunki bugun oddiy dehqon va fermerlar ham texnikadan faqatgina olimlar emas, aksincha mahsulot yetishtiruvchilar va jamiyat ko’proq naf ko’rishini anglab yetmoqdalar.
Bu esa agrar sohada yangi texnoligiyalar davri yetib kelganligidan dalolatdir.