Korrupsiyaga “YO‘Q” deymiz!
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Sirdaryo viloyat filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat filial rahbari va xodimlari hamda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya apparati “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’lim” bosh mutaxassisi M.Abdullayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, davlat tashkiloti xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligi hamda Qonunning mazmun-mohiyati yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.
Yig‘ilishda M.Abdullayev tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari chuqur tahlil qilinib, seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berildi.