“Oʻzagrolizing” ga – 25 yil!

1999-yilning 30-oktyabr kuni tashkil etilgan tashkilotimiz bugungi kunga kelib respublikamizning barcha xududlarida oʻz filiallariga va 300 nafardan ortiq sodiq va jonkuyar xodimlariga ega.
Tashkilotimiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini lizing asosida zamonaviy va yuqori unumli texnika va mexanizmlar bilan taʼminlash orqali agrar soha rivoji va oziq-ovqat xavfsizligiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Jumladan, oʻtgan davr mobaynida jami 97 ming donadan ortiq umumiy qiymati 8,5 trln. soʻmlik lizing obyektlari yetkazib berildi.
Tashkilotning kelgusida ham barqaror rivojlanishda davom etishini taʼminlash maqsadida lizing faoliyatini diversifikatsiyalash masalasi tashkilotimiz oldidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.
Shu maqsadda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tashish boʻyicha lizing loyihalariga start berilmoqda.
Shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun servis koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha tizimli ish olib borilmoqda.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda mehnat jamoamizga kuch-gʻayrat, hamkorlarimizning ishlariga esa rivoj tilaymiz!

Loading

//