JICA: Ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimini amaliyotda qo’llash hamda Gender masalalari bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish muhimdir!
Kuni kecha “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro strategik rivojlanish va oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlar markazi (ISCAD) va “Horticulture Value Chain Promotion” loyihasi hamkorligida, Ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimini amaliyotda qo’llash hamda Gender tenglik masalalari bo‘yicha ikkinchi trening tashkil etildi. Unda Jamiyatning Markaziy apparati hamda hududiy filiallari xodimlari ishtirok etishdi
Tashkil etilgan treningda xodimlar– ekologik va ijtimoiy xavf-xatarlarni baholash hamda kamaytirish, shuningdek gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo’llash bo’yicha ma’ruzalar tinglashdi.
Shuningdek, seminarning muhim qismi Gender masalalari bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish bo’ldi. Tadbir davomida gender masalalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar haqida spikerlar tomonidan ma’lumotlar berb o’tildi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali loyihaning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.
Tashkil etilgan seminar, xodimlarning zarur bilim va ko‘nikmalarini oshirib ekologik va ijtimoiy, shuningdek gender masalalari bo‘yicha yanada samarali strategiyalarni ishlab chiqish uchun yordam beradi desak mubolag’a bo’lmaydi.