18-noyabr — O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun!

Mustaqillikni ramzi, xalqimizning birlik va mustahkam iradasini ifodalovchi O’zbekiston Republikasi bayrog’i bugungi kunda o’zining yorqin ranglari bilan yurtimizning erkinligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlarimiz va kelajakka bo’lgan ishonchimiz, aynan ushbu bayroq ostida birlashgan va yurtni yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizdan kelib chiqadi.
“O’zgarolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi, barchangizni yana bir bor bayrog’imiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan tabriklaydi!

Loading

//