Rasmiy munosabat.

“Lizing asosida olingan kombaynlarning noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi” sarlavhasi ostida chiqqan xabarga quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi B.Sh. va Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qiluvchi A.Sh.lar o‘zaro til biriktirib, Zomin tumanidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan MCHJ tomonidan lizing asosida olingan 2 dona “Vektor-410” rusumli g‘alla o‘rish kombaynlarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
“O’zagrolizing” AJning Jizzax viloyat filiali xodimlari “Zomin Zafarobod klaster” MCHJga berilgan texnikalarni lizing to’lovlaridan hosil bo’lgan qarzdorlikni undirish uchun borilganda, lizing obyektlarini ko’rsatmay sarsongarchilikni yuzaga keltirgan.
Shu sababli ushbu tadbir “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax viloyat filiali murojaati asosida amalga oshirilib, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“O’zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//