Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash asosiy vazifa.

Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash bugungi kunda mamlakatimizda agrar sektorni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu vazifa nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki resurslardan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashga ham qaratilgan.
Zamonaviy texnikalar, ayniqsa, traktorlar, kombaynlar, urug‘ ekish va sug‘orish tizimlari kabi uskunalar qishloq xo‘jaligida eng muhim vositalardan hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiradi, energiya va vaqtni tejaydi, shu bilan birga qo’l mehnatini kamaytiradi.
Shu sababli “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida ham texnikalarni tizimli yetkazib berish hamda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash orqali mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar bosh omil hisoblanadi.
Ana shu omillarga sodiq qolgan holda, jamiyatning Buxoro viloyat filiali tomonidan ham bir qator fermer xo’jaliklariga Belarus 80X, Case 340 hamda Arion 630 rusumli haydov traktorlari imtiyozli lizing shartlari asosida topshirildi.

Loading

//