Vatan himoyachisi – Jasorat ramzi!
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining mard o‘g‘lonlari bayram bilan tabriklandi.
Tadbir davomida jasorat va fidoyilik namunasi bo‘lgan xodimlarimizning xizmatlari e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi. Bayram tadbiri doirasida yurtimiz tinchligi va farovonligini ta’minlashda har bir insonning o‘rni naqadar muhim ekani alohida ta’kidlandi.
“O‘zagrolizing” jamoasi nomidan barcha vatandoshlarimizga osoyishta hayot va yorqin kelajak tilaymiz. Tinch va farovon yurtimizning himoyachilari bo‘lgan jasur yigitlarimizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar yor bo‘lsin!