“Oʻzagrolizing” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (keyingi oʻrinlarda – Qonun) 68-moddasiga muvofiq, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning jami ellik foizidan koʻproq ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatli (kvorumga ega) boʻladi.
2025-yil 4-fevral kuni soat 10:00 da “Oʻzagrolizing” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42A-uy jamiyat binosining majlislar zalida oʻtkazildi. Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan Qonunga muvofiq, agar yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinishini, bunda aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar qilish Qonunning 62-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda va shaklda amalga oshiriladi. Kvorum boʻlmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi yigirma kundan kam muddatga koʻchirilgan taqdirda, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar oʻtkazilmay qolgan umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reestriga muvofiq aniqlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining 2025 yil 4 fevraldagi 01/2025-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tugallangan paytda Jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami 0 foizi ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan va bu aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi vakolatli (kvorumga ega) emasligini koʻrsatadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yigʻilish kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqilmasdan yopiq deb eʼlon qilindi va yigʻilish 2025 yil 20 fevral (soat 10:00ga) kuniga qoldirildi.

Loading

//